Sobiq model va aktrisa Emi Dorris AQSh prezidenti Donald Trampni jinsiy zo‘ravonlikda aybladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi davlat rahbari bundan 23 yil oldin unga tegajog‘lik qilgan, deb yozadi “Guardian”.
O‘sha paytda Dorris 24, Tramp esa 27 yoshda bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, voqea Nyu-Yorkda o‘tkazilgan AQShning Tennis bo‘yicha ochiq chempionatida bo‘lib o‘tgan.
So‘zlarining isboti sifatida Dorris AQSh Ochiq chempionatiga chipta va Nyu-Yorkda Tramp bilan birga tushgan oltita fotosuratni taqdim etgan.
Emi Dorris ushbu jiddiy faktni 2016 yilda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlaridan oldin ham ommaga e’lon qilishni niyat qilgan. Ammo aktrisa oilasiga zarar yetishidan qo‘rqib indamagan.