Trabzon viloyati tarkibiga kiruvchi Yomra munisipaliteti meri Mustafa Biyik «Trabzonspor» vingeri Muhammad Saloh sharafiga ko‘chalardan biri qayta nomlanishini ma’lum qildi.
«Turkiya futboli tarixidagi eng yirik transferlardan biri bo‘lgan Muhammad Salohning bizning tumanimizda yashashidan juda faxrlanamiz.
Shu hafta shahar kengashida qaror qabul qilinadi va unga ko‘ra, Salohning uyi joylashgan ko‘cha «Muhammad Saloh ko‘chasi» deb qayta nomlanadi.
Biz qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik. Endi navbat Salohda», — deb yozdi Biyik.
Shu tariqa, mahalliy hokimiyat «Trabzonspor» futbolchisiga nisbatan alohida hurmat ramzi sifatida uning nomi bilan ko‘cha atashga qaror qilgan.