Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Toyloqning serg‘ayrat fermeri

A A A
Toyloqning serg‘ayrat fermeri

O‘tkir Jo‘rayev Toyloq tumanidagi yosh, serg‘ayrat fermerlardan biri. U mehnat qilayotgan Bog‘izog‘on hududida azaldan sabzavotchilik, uzumchilik singari aholi turmush farovonligiga xizmat qiluvchi sohalar rivojlangan. Mahalliy aholi o‘z tomorqasida ham shunday ekinlar parvarishini yo‘lga qo‘ygan. O‘tkir ham bu an’anani chetlab o‘tmadi. Fermer xo‘jaligi tashkil etib, 15 gektar artofidagi yerga egalik qildi. Qalla, sabzavot ekdi. Ulardan mo‘l hosil ko‘tardi. Endi esa baliqchilikni ham tashkil etish taraddudiga tushdi.

O‘tkir boshchilik qilayotgan “Davron plyus” fermer xo‘jaligi maydonlarida tut daraxtlari ham mavjud. Bu esa unga har yili pilla boqish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Bu yil u o‘z oilasi bilan 2,5 quti ipak qurti parvarishini yo‘lga qo‘ydi. Fermer xo‘jaligidagi ishchilari ham qarab turishmadi. Ular 2 quti ipak qurtidan mo‘l hosil olishni maqsad qilishdi.

- Uydagi ipak qurti parvarishiga onam Nodira O‘rinova boshchilik qiladi. – deydi O‘tkir fermer. – Onam bu sohani yaxshi biladi. Bu yilgi qo‘lga kiritiladigan natijalarimizni ham oldindan chamalab qo‘ygan. 2,5 quti ipak qurti 150 kilogrammdan ortiqroq pila xom ashyosi berarkan.

Toyloqning serg‘ayrat fermeri

O‘tkir fermerning ko‘p tarmoqlilikka o‘tgani ham quvonchlidir. Hozir u akfa sexi, go‘sht do‘koni, novvoychilik va qandolatpazlik sexlari ishini yo‘lga qo‘ygan.

Alimardon XUDOYQULOV

Kiritildi: 07:45 07.06.2021. O'qildi: 3257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik