Bugun 22 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Toshkent viloyatida yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Toshkent viloyatida yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Fuqaro D.A.ning Toshket viloyati IIV Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘limiga qilgan murojaatiga asosan, Bosh prokuratura hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, E.K. va K.Blar Bo‘stonliq tumani "G‘azalkent" mahallasi hududidagi tuman hokimining qaroriga asosan “U.B.” fermer xo‘jaligiga 49 yil muddatga ijara asosida ajratilgan jami 11,4 gektar ekin yer maydonini 550 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, yuqori lavozimda ishlovchi mansabdor tanishlari orqali tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, kelishilgan puldan 50 ming AQSh dollarini ariza muallifidan firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan E.K. va K.Blarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Kiritildi: 17:37 07.12.2022. O'qildi: 1301 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!