Bugun 24 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Toshkentning asosiy kuchi — odamlar

Toshkentning asosiy kuchi — odamlar

Toshkent Global Cities Index 2026 reytingida 128 pog‘onaga ko‘tarilib, dunyoning eng yirik 1000 ta shahri orasida 343-o‘rinni egalladi. Iqtisodiy toifada poytaxt yanada sezilarli sakrashni amalga oshirdi: bir yil ichida 558-o‘rindan 188-o‘ringa ko‘tarildi.

Shuningdek, aholining bilimi va kasbiy salhiyati barqaror o‘sib bormoqda — Toshkent inson kapitali bo‘yicha dunyoda 108-o‘rinni egalladi (2024 yilda 136-o‘rin, 2025 yilda 123-o‘rin).

Bundan tashqari, Boston Consulting Group tadqiqotiga ko‘ra, Toshkent o‘zgarishlar sur’ati bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinni (faqat Shenchjen va Ar-Riyoddan keyin), iqtisodiy faollik sur’ati bo‘yicha esa 1-o‘rinni egalladi. Xalqaro tahlilchilar poytaxtimizni "Cities to Watch" — rivojlanishini kuzatib borish lozim bo‘lgan shaharlar ro‘yxatiga kiritdilar.

Kiritildi: 16:21 22.09.2026. O'qildi: 604 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!