Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentlik "sehrgar" mijoziga yigitini "isitib berish"ni va’da qildi, ammo...

Toshkentlik "sehrgar" mijoziga yigitini "isitib berish"ni va’da qildi, ammo...

Mirobod tumani IIO FMBga 28 yoshli Zilola A. murojaat qildi. U o‘z arizasida unga bir yigitni "isitib" berishni va’da qilgan 20 yoshli Valentina S.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘radi. Valentina S. o‘z "xizmatlari" uchun Ziloladan 450.000 so‘m va umumiy qiymati 32.890.000 so‘m bo‘lgan tilla taqinchoqlar olgan.

Ammo "sehrgar" o‘z va’dasida turmasdan, pullarni ehtiyojiga sarflab yuborgan. Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi ("Firibgarlik") bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
 

Kiritildi: 18:25 12.12.2019. O'qildi: 2511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!