Joriy yilning 19 noyabr kuni Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida yashovchi M.J. (ismli ayol) uyi oldida oilaviy janjal sabab birga yashovchi turmush o‘rtog‘i S.D.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, S.D. tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. M.J. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.