Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentdan uy sotib olganlar kimni propiskaga qo‘yishi mumkin?

Toshkentdan uy sotib olganlar kimni propiskaga qo‘yishi mumkin?

Toshkent shahar IIBB jurnalistlarning quyidagi savoliga javob berdi:

Toshkentdan yangi uy sotib olgan fuqaro, nima sababdan u yerda o‘zining voyaga yetgan farzandlarini va ularning voyaga yetmagan bolalarini ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi?

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyulda e’lon qilingan 527-sonli qarorining 1 bandiga asosan, Toshkentda uy sotib olgan fuqarolar ko‘chmas mulkni notarial rasmiylashtirilib, davlat reestridan o‘tkazganidan so‘ng u yerda doimiy ro‘yxatdan (propiska) o‘tishlari mumkin.

Ushbu turar joyga ro‘yxatga qo‘yish, 2011 yilning 14 sentyabrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 296-sonli Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi qonuniga asosan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston IIVning Migrasiyani va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh boshqarmasining 2017 yilning 14 dekabrida e’lon qilingan 22/25297 sonli ko‘rsatmasiga asosan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga qo‘yilgan jismoniy shaxslar o‘zlari sotib olgan turar joyga faqat quyidagi qarindoshlarini ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin:

  • Turmush o‘rtog‘ini;
  • Voyaga yetmagan farzandlarini;
  • O‘z oilasiga ega bo‘lmagan bolalarini;
  • Oldingi nikohda paydo bo‘lgan bolalarini;
  • Nikohsiz tug‘ilgan yoki asrab olingan bolalarini.

Shu bilan ushbu ro‘yxat qat’iy cheklangan.

Jurnalistlar so‘ragan shaxsning farzandi voyaga yetgan va o‘z oilasiga ega bo‘lganligi sababli unga va uning voyaga yetmagan bolalariga Toshkentda doimiy ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat berilmagan, deyilgan IIBB xabarida.

Kiritildi: 10:40 18.04.2019. O'qildi: 2134 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!