Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkentdagi xususiy bog‘chalarning birida yong‘in chiqdi

A A A
Toshkentdagi xususiy bog‘chalarning birida yong‘in chiqdi

Bugun soat 12.25 da poytaxtning Yakkasaroy tumanidagi «Fortuna» xususiy bolalar bog‘chasida yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Voqea joyiga soat 12.41 da o‘t o‘chiruvchilar yetib borib, yong‘inni to‘liq bartaraf qilishgan.

Hodisa oqibatida binolardan birining shifti (3 kv. m.) va devoriga zarar yetgan. Jabrlanganlar yo‘q.

Yong‘inga kondisioner ulangan elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Manba: uz24.uz

Kiritildi: 16:56 27.11.2018. O'qildi: 1288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik