Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Toshkentdagi tungi klublardan birida yosh yigitlar jinoyat sodir etdi

Toshkentdagi tungi klublardan birida yosh yigitlar jinoyat sodir etdi

Toshkent shahar. Joriy yilning 20 dekabr kuni soat 20:30 larda 3 nafar noma’lum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Toshkent shahar Olmazor tumani Sebzor dahasida joylashgan tungi klubda bula turib, 16 yoshli A.I. tanishlari bilan o‘tirgan joyga borib, avvaliga ular bilan rasmga tushishni bahona qilishib, A.I.,ga tegishli bo‘lgan “Iphone 12 Pro Max” rusumli telefon apparatini suratga tushirish maqsadida olib, bir birlariga “qo‘lma-ko‘l” qilib telefonini qaytarib bermasdan, voqea joyidan yashirinishgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv vaqtida uch nafar noma’lum shaxslar aniqlanib, ular 17 yoshli U.M. (avval sudlangan), U.R., S.X.,lar ekanligi aniqlangan. “Iphone 12 Pro Max” rusumli telefon esa ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, U.M., U.R., S.X.,lar jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida jinoyat ishiga jalb qilinganlar.

Tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 15:04 23.12.2021. O'qildi: 2710 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!