Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentdagi qashqadaryolik talabalar Qashqadaryoga bepul olib ketiladi

Toshkentdagi qashqadaryolik talabalar Qashqadaryoga bepul olib ketiladi

Shu kunlarda uyiga qaytish niyatida bo‘lgan, ammo ayrim insofsiz taksichilar yo‘lkira narxini asossiz oshirib yuborgani sabab qiynalib qolgan qashqadaryolik talabalar uchun muhim yangilik. 

Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi tashabbusi bilan qashqadaryolik talaba yoshlarni olib kelish chorasi ko‘riladi. Bu ish mutlaqo bepul amalga oshiriladi. 
Buning uchun 18 mart kuni soat 10:00 ga qadar Toshkent shahridagi Talabalar shaharchasiga  etib kelishingiz so‘raladi. Shu joyning o‘zida Qashqadaryoga qaytish uchun transport vositalari qatnovi tashkil etiladi. 

Murojaat uchun telefon: +998973507788; Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Ernazarov. 
Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati

Kiritildi: 11:08 17.03.2020. O'qildi: 2721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!