Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Toshkentdagi mojaro: 60 000 dollar bor, 30 000 dollar qani?

A A A
Toshkentdagi mojaro: 60 000 dollar bor, 30 000 dollar qani?

2019 yil 5 avgust kuni Toshkent shahrining Mirobod tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, Shayxontohur tumanida yashovchi 37 yoshli S.YU. vaqtincha Yashnobod tumanida yashovchi 55 yoshli S.L.ga birgalikda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlikni, Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Guliston MFY Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan, aslida qiymati 60 000 AQSh dollari bo‘lgan omborxona binosini 90 000 AQSh dollari ekanligini aytib, 2016 yil yanvar oyidan iyun oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Mirobod ko‘chasida undan bo‘lib-bo‘lib 90 000 AQSh dollarini olgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, pulning 60000 AQSh dollariga yuqoridagi omborxonani sotib olib berib, qolgan qismini o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, S.YU. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. 

 

Kiritildi: 13:57 06.08.2019. O'qildi: 2618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!