Bugun 22 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Toshkentdagi MIB binosida fuqarolar janjal ko‘tardi

Toshkentdagi MIB binosida fuqarolar janjal ko‘tardi

MIB axborot xizmati holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahar Uchtepa tumani MIB binosida fuqarolar va xodimlar o‘rtasida janjal yuzaga kelgani aytilgan videolar tarqalgandi. Holat bo‘yicha MIB axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor A.Xamdamovdan undiruvchi O.Xamdamova foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandlari ta’minoti uchun 1/3 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati Byuroning Uchtepa tuman bo‘limiga ijro etish uchun qabul qilingan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklari aniqlanmagan va uning xorijga chiqish huquqi vaqtincha cheklangan.

O‘z navbatida, undiruvchi O.Xamdamova davlat ijrochilariga ariza bilan murojaat qilib, qarzdor A.Xamdamov aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamasdan kelayotganligini bildirgan.

Shundan so‘ng Oila Kodeksining 140-moddasiga asosan qarzdorning aliment to‘lovidan qarzdorligi hisoblanganda 1 avgustiga qadar jami 10 mln 737 ming so‘mni tashkil etgan.

Qarzdor A.Xamdamov ogohlantirilishga qaramay mazkur qarzdorlikni bartaraf etmaganligi sababli, unga nisbatan to‘plangan hujjatlar, jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudiga yuborilgan va sudning 14 avgust kungi qaroriga asosan qarzdor A.Xamdamov O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-4-moddasiga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Joriy yilning 15 avgust kuni Byuroning Uchtepa tuman binosiga ijro hujjatiga taalluqli bo‘lmagan bir necha fuqarolar uyali aloqa vositalari bilan kelib, qarzdor A.Xamdamovni nohaq 15 sutka qamalganini, uning ayoli aslida farzandlari tarbiyasiga bee’tiborligini bildirib, xodimlarga nisbatan qo‘pollik qilib, janjal ko‘tarishgan.

Kiritildi: 18:06 16.08.2025. O'qildi: 775 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!