Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentdagi markaziy masjidlarga imom-xatiblar tayinlandi

Toshkentdagi markaziy masjidlarga imom-xatiblar tayinlandi

Toshkent shahridagi quyidagi markaziy jome masjidlarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi buyrug‘i bilan yangi imom-xatiblar tayinlandi:

O‘zbekiston musulmonlari idorasi, muftiy Nuriddin domla hazratlari Toshkent shahridagi "Minor" jome masjidi imom-xatibi vazifasiga Rahmatulloh domla Sayfuddinov tayinlanganini masjid jamoasiga e’lon qildilar.

Shuningdek, Toshkent shahridagi quyidagi markaziy jome masjidlarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi buyrug‘i bilan yangi imom-xatiblar tayinlandi:

Chig‘atoy dahasidagi “Imom Buxoriy” masjidi imom-xatibi Sadriddin domla Abdurashidov Olmazor tumani “Ibrohimboy Orifjonboy” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga;

Ko‘kcha dahasidagi “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi Yahyo domla Abdurahmonov Chig‘atoy dahasidagi “Imom Buxoriy” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga;

“Minor” jome masjidi imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov Toshkent shahri bosh imom-xatibi vazifasidan ajralmagan holda Ko‘kcha dahasidagi “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga tayinlandilar.

Kiritildi: 14:40 16.03.2023. O'qildi: 1881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!