Avvalroq 4 iyun kuni soat 10:50 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Baynalminal ko‘chasida joylashgan 26-uy ro‘parasida "Nexia-3", "Lacetti" va "Mercedes-Benz" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgani haqida xabar bergandik.
Qo‘shimcha ma’lumotga ko‘ra, "Mercedes-Benz" rusumli avtomobilda bo‘lgan haydovchi va 3 nafar yo‘lovchilar hamda "Lacetti" rusumli avtomobilda bo‘lgan bir nafar yo‘lovchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.