Toshkent Botanika bog‘i tashrif buyuruvchilar uchun o‘z faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatadi! Bu haqda Fanlar akademiyasi telegramdagi sahifasi orqali xabar berdi.
"O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi Toshkent Botanika bog‘ida 2020/2021-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan joriy yil 31 avgustdan 15 sentyabrga qadar tashrif buyuruvchilar uchun o‘z faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatadi", – deyiladi xabarda.