Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda yo‘l qoidasini buzgan YPX xodimi jarimaga tortildi

A A A
Toshkentda yo‘l qoidasini buzgan YPX xodimi jarimaga tortildi

IIV YHXBB ijtimoiy tarmoqda «IIO xodimi qoidani buzdi» sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda  Toshkent shahar IIBB YHXBga tegishli bo‘lgan Cobalt rusumli 01 534 VSC davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobili yo‘l harakati qoidalarining 91-bandini buzgan holda 1.4 (To‘xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27  «To‘xtash taqiqlangan» yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi hamda yo‘lning qatnov qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq ustidan chiziladi) yo‘l yotiq chizig‘i chizilgan joyda to‘xtab turganligi aks etgan surat tarqaldi.

Idora matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holat o‘rganilib, Cobalt xizmat avtomobili biriktirilgan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilgan. U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan BHMning 3 barobari miqdorida (669 ming so‘m) jarmiga tortilgan.

Kiritildi: 13:39 03.12.2020. O'qildi: 2572 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!