Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Toshkentda yana bir yangi institut ochiladi

A A A
Toshkentda yana bir yangi institut ochiladi

Shavkat Mirziyoyev 10 iyul kuni  mamlakatimizda atom elektr energetikasini barpo etish bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalariga  bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazganligi haqida xabar bergan edik.

Atom elektr stansiyasini qurish va undan foydalanishda eng zamonaviy va murakkab texnologiyalar qo‘llaniladi. Buning uchun esa yuqori saviyali va chuqur bilimga ega bo‘lgan mutaxassislar kerak. Shu bois Toshkentda fizika sohasida dunyoda yetakchi ta’lim muassasalaridan biri hisoblangan Moskvaning muhandislik-fizika institutining filialini ochish mo‘ljallanmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmatiyig‘ilish bayonida keltirgan.

Shuningdek, fizika va texnika yo‘nalishlaridagi oliy o‘quv yurtlarini bitirgan salohiyatli kadrlarni tanlab olib, ularni Moskva va Minskka o‘qishga hamda atom elektr stansiyalarida tajriba orttirishga yuborish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. 

Yig‘ilishda har bir bosqichdagi ishlarni puxta ishlab chiqish va amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Manba: sof.uz

Kiritildi: 09:59 11.07.2018. O'qildi: 1791 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik