Toshkentning Yashnobod tumanida joylashgan “Ishga marhamat” monomarkaziga tashrifi doirasida Yagona migrasion markaz faoliyat boshladi, deb xabarqilmoqda Migrasiya agentligi matbuot xizmati.
Markazni tashkil etishdan asosiy maqsad Rossiya Federasiyasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston fuqarolarini jo‘nash oldidan tayyorlash, moslashuv va psixologik tayyorlash xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat.
Bu yerda migrasion kartani to‘ldirish tartibi, sug‘urta polislarini rasmiylashtirish kabi imkoniyatlar yaratilgan.
Shuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti kelishuviga muvofiq, Rossiyaga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarga rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligini o‘rgatish va patent olish uchun talab etiladigan tegishli sertifikatni O‘zbekistonda berish kabi xizmatlar ko‘rsatiladi.