Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda O‘zbekiston yoga federasiyasi bosh ofisi ochildi

Toshkentda O‘zbekiston yoga federasiyasi bosh ofisi ochildi

Toshkentda O‘zbekiston yoga federasiyasi bosh ofisi ochildi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Tantanali ochilish marosimida Adliya, Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash, Jismoniy tarbiya va sport vazirliklari, shuningdek Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi va Toshkentdagi Hindiston madaniyat markazi vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Toshkent shahar hokimi, O‘zbekiston yoga federasiyasi raisi Jahongir Ortiqxo‘jayev ushbu yangi bino bilan barchani, ayniqsa, yoga bilan shug‘ullanib kelayotganlarni tabrikladi. 

Hozirda yogani aholi orasida keng targ‘ib qilish bo‘yicha qilinayotgan ishlarga to‘xtaldi. «2020-2024 yillarda Yoga federasiyasini rivojlantirish dasturi» tasdiqlangani hamda uning ijrosi yuzasidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilganligini aytib o‘tdi.

Kiritildi: 11:47 09.12.2020. O'qildi: 2210 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!