Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkentda o‘smirlar janjali: rasmiy ma’lumot berildi

A A A
Toshkentda o‘smirlar janjali: rasmiy ma’lumot berildi

Internet tarmog‘ida ikkita o‘smir yigitlar orasida kelishmovchilik suratga tushirilgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB bu haqda rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, mazkur hodisa Shayxontohur tumanida o‘tgan 2020 yilning dekabr oyida ro‘y bergan. Bir sinfda o‘quvchi qo‘shnilar 16 yoshli I.Y. va M.J.lar maktab darslaridan so‘ng janjallashib qolishgan. Kelishmovchilikni 15 yoshli K.S. suratga tushirib, keyinchalik o‘zining gaplariga ko‘ra “tasodifan internetga joylagan”.

Mazkur fakt bo‘yicha o‘smirlarning ota-onalari bilan tushuntirish ishlari o‘tkazildi, to‘plangan hujjatlar voyaga yetmaganlar bo‘yicha komissiyaga yo‘naltirildi.

Kiritildi: 17:21 01.02.2021. O'qildi: 3200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik