Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda «o‘qlangan» bagaj ushlab qolindi

Toshkentda «o‘qlangan» bagaj ushlab qolindi

Amaldagi tartiblarga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni olib kirish mumkin emas, deb yozadi Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

«Vladivostok—Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan fuqaro M.Z. poytaxt aeroportida bojxonadan «yashil» yo‘lak orqali o‘q-dorilarni olib o‘tishga uringan paytda to‘xtatib qolindi.

Unga tegishli bagaj belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, uning ichida bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan 1545 gramm sochma o‘q, 800 dona piston va qurollarni o‘qlashda foydalanadigan boshqa vositalar borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu xolat yuzasidan tekshiruv va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 18:02 19.09.2018. O'qildi: 1173 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!