Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda uch erkak ayol kishining "Malibu"sini sindirdi

A A A
Toshkentda uch erkak ayol kishining "Malibu"sini sindirdi

Jinoiy ish bo‘yicha olib borilgan tergov davomida aniqlanishicha, 29 fevral kuni Yunusobod tumani Xasanboy ko‘chasida Jizzax viloyatilik 26 yoshli Qamariddin J. va  29 yoshli Obidjon R. hamda farg‘onalik 26 yoshli Boburjon N.lar 37 yoshli Durdona N.ga tegishli bo‘lgan “Malibu-2” avtomobili salonidan o‘g‘irlik qilish uchun avtomobil oynasini sindirganlar. Ammo o‘zlarini qiziqtirgan hech narsa topmagach, jinoyat joyini tark etishgan. Avtomobil egasi ko‘rgan jabr miqdori 800 ming so‘mni tashkil etdi.

Bundan tashqari, 6 mart kuni Yunusobod tumani Nurziyo ko‘chasida yuqoridagi uch nafar shaxslar 45 yoshli Nodira SH.ga tegishli bo‘lgan “Kaptiva” avtomobilining oynasini sindirib, avtomobil salonidan 200.000 so‘m o‘g‘irlab ketganlar.

Ushbu fakt asosida gumonlanuvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha qo‘shimcha ayblov yuklatildi.

Kiritildi: 18:35 14.05.2020. O'qildi: 7263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!