Bugun 4 iyul, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentda Turkmaniston mahsulotlari ko‘rgazmasi ochiladi

Toshkentda Turkmaniston mahsulotlari ko‘rgazmasi ochiladi

Turkmaniston – O‘zbekiston qo‘shma komissiyasi va Turkmaniston – O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlari doirasida 15-16 iyul kunlari Toshkentda “Turkmanistonda ishlab chiqarilgan” mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Hukumat yig‘ilishida Bosh vazir o‘rinbosari B.Otdayev ta’kidlashicha, mazkur tadbir “Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar rejasi”ga muvofiq yuqori darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish choralariga asosan tashkil qilinadi.

Prezident Serdar Berdimuhamedov O‘zbekiston Respublikasi Turkmanistonning yaqin hamkori ekanini ta’kidlab, Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha Turkmaniston – O‘zbekiston qo‘shma komissiyasi 18-majlisi hamda davlat rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishiga munosib tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan ko‘rsatma bergan.

– Shu bilan birga mahalliy mahsulotlar milliy ko‘rgazmasini tashkil etish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi, – deb yozgan Turkmaniston Davlat axborot agentligi.

Kiritildi: 12:03 30.06.2024. O'qildi: 580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!