Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkentda tunda erkak IIB xodimiga "kalla qo‘ydi"

A A A
Toshkentda tunda erkak IIB xodimiga "kalla qo‘ydi"

Internet tarmog‘ida fuqarolar va ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokidagi holat videosi tarqaldi. Toshkent shahar IIBB mazkur fakt bo‘yicha ma’lumot berdi.

28 avgust kuni Yangihayot tumani IIO FMB patrul-post xizmati xodimlari safdor Hikmatilla I. va Farxodjon X.lar Yangihayot tumani Sputnik 15 massividagi 12-son avtobus parki yaqinida tungi vaqtdagi piyoda patrullash davomida xatti-harakatlari bilan shubha uyg‘otgan ikki nafar fuqaro – 27 yoshli Tursunboy N. va 30 yoshli Ulug‘bek G.larni ko‘rib qolishdi. Xodimlar fuqarolarning yoniga kelib, o‘zlarini tanishtirgach, jamoat joyida niqobsiz yurish ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishi haqida ogohlantirishdi. So‘ng fuqarolarning shaxslarini aniqlash maqsadida ular tuman IIO FMB ichki ishlar bo‘limiga taklif qilindilar. Ammo yigitlar bu iltimosga javoban qo‘pol tarzda qarshilik ko‘rsatib, xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmadilar. Tursunboy boshi bilan safdor Hikmatilla I.ning burun qismiga zarba berib, unga badan shikasti yetkazdi. Tursunboy va Ulug‘bekning voqea joyiga yetib kelgan patrul-post xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olinish jarayoni videoga tushib qolgan. Huquqbuzarlar IIBga, jabrlanuvchi esa tibbiyot muassasiga yetkazildi.

Mazkur fakt bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Yangihayot tumani prokuraturasiga yo‘naltirildi.

Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Tursunboy N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (“Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 17:16 03.09.2021. O'qildi: 3728 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!