Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda tezyurar avtobus yo‘nalishlari tashkil etilishi mumkin

Toshkentda tezyurar avtobus yo‘nalishlari tashkil etilishi mumkin

Koreyaning Eksimbanki Toshkent shahar transport infratuzilmasi uchun yangi konsepsiya taqdim etdi.

Toshkent shahar hokimligida Janubiy Koreya delegasiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “Integrasiyalashgan jamoat transporti strategiyasini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash” mavzusi muhokama etildi. 

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, yig‘ilishda Koreyaning Eksimbanki Toshkent shahar transport infratuzilmasi uchun yangi konsepsiya taqdim etdi.

Mazkur konsepsiyada berilgan takliflarda poytaxtda jamoat transporti yo‘nalishlarini ko‘paytirish va shu orqali shaxsiy avtotransportlar harakatini kamaytirish taklif etilgan.

“Koreyalik mutaxassislarning ahamiyatli takliflaridan yana biri tezyurar avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish bo‘lib, bu shahar ichida bir manzildan ikkinchisiga tez, oson va qulay yetib olishni ta’minlaydi”, - deyiladi xabarda.

Konsepsiyada bu tizimdagi xususiy tarmoq ishini rivojlantirish kabi qator ilg‘or tashabbuslar ilgari surilgan bo‘lib, endi shahar hokimligi va poytaxt jamoat transportiga mas’ullar bilan birgalikda ushbu takliflarni hayotga joriy etish masalalari ko‘rib chiqiladi.

 

Kiritildi: 17:54 26.07.2019. O'qildi: 2149 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!