Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan avtobus haydovchisiga chora ko‘rildi

Toshkentda svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan avtobus haydovchisiga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus haydovchisi svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangani aks etgan videolavhalar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, Yutong rusumli 01 931 LKA davlat raqam belgili elektrobus haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini buzib svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida harakatlangan.

Ushbu elektrobus haydovchisi — 1998 yilda tug‘ilgan A.S.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda haydovchi bilan profilaktik suhbat olib borildi.

Kiritildi: 23:56 08.07.2024. O'qildi: 1032 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!