Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Toshkentda “Spark” metroga tushib ketdi

A A A
Toshkentda “Spark” metroga tushib ketdi

2022 yil 26 fevral kuni soat tahminan 23:30larda 1994 yilda tug‘ilgan, M.N. boshqaruvidagi “Spark” rusumli transport vositasida Yunusobod tumani A.Temur ko‘chasi bo‘ylab, Unversam aylanma tomonga harakatlanib, ketayotgan vaqtda 1-uy qarshisida boshqaruvni yo‘qotib, “Shahriston” metro bekatidan chiqayotgan piyoda 2000 y.t B.Dni urib yuborgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, piyoda B.D., haydovchi M.N va yonidagi yo‘lovchi M.Nlar olgan tan-jarohati bilan shifohonaga murojaat qilgan.

Kiritildi: 09:45 27.02.2022. O'qildi: 4150 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik