Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

“Toshkentda repperlar o‘rtasida ishkal”: ayrim ma’lumotlar oshkor bo‘ldi

“Toshkentda repperlar o‘rtasida ishkal”: ayrim ma’lumotlar oshkor bo‘ldi

Internet tarmoqlarida “Toshkentda repperlar o‘rtasida ishkal” deb nomlangan video tarqalmoqda. 

Mazkur videotasvirni o‘rganish jarayonida quyidagilar aniqlandi: holat 26.09.2020 yilda soat 15.30 larda Yunusobod tumanidagi “Zarafshon” savdo-ko‘ngilochar markazi yonida sodir bo‘lgan. Yaqin o‘rtada xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlari janjalni ko‘rib, zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan, biroq janjal ishtirokchilari ichki ishlar organlari xodimlarini ko‘rib qochib ketishgan. 

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, janjal ishtirokchilarining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.
Mazkur holat Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan nazoratga olindi. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Kiritildi: 14:28 28.09.2020. O'qildi: 7881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!