Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkentda rahbar ayol jirkanch jinoyatga qo‘l urdi

Toshkentda rahbar ayol jirkanch jinoyatga qo‘l urdi

Joriy yil 16 iyul kuni Toshkent shahar IIBBga tushgan hujjat to‘plamlariga ko‘ra, shu yil 27 may kuni Shayxontohur tumanida yashovchi 34 yoshli I.N. ismli ayol o‘zi rahbarlik qilayotgan “Star Tour” MCHJ binosida Buxoro tumanida yashovchi 32 yoshli A.N.ga “Umra” safariga ketgan 24 nafar fuqarolarni Saudiya Arabistonida joylashgan mehmonxonaga joylashtirish uchun pul kerakligini, pulni tez kunda qaytarishini aytib, aldov yo‘li bilan undan 61 000 AQSh dollarini olib, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.N. ismli ayol qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kiritildi: 14:09 17.07.2019. O'qildi: 5494 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!