Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda qidiruvdagi bir nechta shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda qidiruvdagi bir nechta shaxs qo‘lga olindi

14 oktyabr kuni “Chorsu” bozori hududida Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tergovchisi va jinoyat qidiruv bo‘limi xodimi tomonidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruvga e’lon qilingan 38 yoshli Nusratulla A. qo‘lga olindi. Sud unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘lladi.

Shu kunning o‘zida Chilonzor tumani IIO FMB jinoyat qidiruv xodimlari O‘zbekiston Respublikasi IIVdagi hamkasblari bilan birgalikda Yakkasaroy tumanida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun 2017 yilning sentyabr oyida Chilonzor tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan qidiruvga e’lon qilingan 33 yoshli Shahzod D.ni qo‘lga olishdi. Sud unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘lladi.

15 oktyabr kuni Mirobod tumani IIO FMB patrul-post va jinoyat qidiruv xizmati xodimlari ilgari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun Mirobod tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi tomonidan qidiruvga e’lon qilingan 30 yoshli Sherzod T.ni Yashnobod tumani hududida qo‘lga olishdi.

Shu kunning o‘zida Bektemir tumanida IIO FMB jinoyat qidiruv xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi (“O‘g‘rilik”) 3 qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun Bektemir tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi tomonidan qidiruvga e’lon qilingan 20 yoshli Isomiddin M.ni Toshkent viloyati Bekobod tumani hududida qo‘lga olishdi.

Kiritildi: 11:26 20.10.2020. O'qildi: 2100 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!