Toshkentda 5 va 6 iyul kunlari yo‘l qismlari yopiladi.
Toshkent hokimiyatining xabariga ko‘ra, 5 iyul kuni soat 19:00dan 21:00ga qadar A.Temur shox ko‘chasining A.Temur hiyoboni aylanma yo‘lidagi qismida barcha turdagi transport vositalari harakati cheklanadi.
Yo‘l qismi “Xalqaro Olimpiya kuni” munosabati bilan “Ot sporti paradi" o‘tkazilishi sababli yopiladi.
6 iyul kuni soat 07:00dan 08:00gacha “Xalqlar do‘stligi” maydonidan I.Karimov ko‘chasi bo‘ylab I.Karimov ko‘chasi va Afrosiyob ko‘chasi kesishmasigacha, mazkur kesishmadan Olmazor ko‘chasining O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasigacha bo‘lgan qismida barcha turdagi transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.
Yo‘lning bu qismi esa “Ommaviy yurish marafoni”ni o‘tkazilishi munosabati bilan yopiladi.