Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda qarzdor MCHJning 4 ta mashinasi xatlandi

Toshkentda qarzdor MCHJning 4 ta mashinasi xatlandi

Ma’lum bo‘lishicha, korxonaning 4,9 milliard so‘mlik qarzdorligi mavjud bo‘lib, uni ixtiyoriy muddatda bartaraf etmagan.

Majburiy ijro byurosining Yunusobod tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan berilgan ijro hujjatlariga asosan qarzdor MCHJdan bir nechta undiruvchilar foydasiga jami 4 915 324 674,98 so‘m qarzdorlikni undirish bilan bog‘liq ijro ishlari yuritilmoqda.

Ijro hujjatlari qonunchilikda belgilangan tartibda ijroga qabul qilinib, qarzdorga qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda qoplash uchun 15 kunlik muddat berilgan. Biroq belgilangan muddatda sud qarorlari ixtiyoriy tartibda bajarilmagan.

Majburiy ijro harakatlariga kirishilib, Qonunning 21-moddasi talablariga asosan qarzdor korxonaning bank hisob raqamlari, avtotransport vositalari va ko‘chmas mulklariga nisbatan taqiq choralari o‘rnatilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida 2026 yil 3 iyul kuni xolislar ishtirokida qarzdorga tegishli bo‘lgan «GAZ 330232-244» hamda «Nexia» rusumli transport vositalari qatorida jami 4 ta avtotransport vositasi belgilangan tartibda xatlandi.

Ayni paytda xatlangan mol-mulklarni qonunchilik talablariga muvofiq baholash va elektron onlayn-auksion orqali realizasiya qilish orqali undiruvchilarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 22:49 16.07.2026. O'qildi: 853 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!