Toshkent shahrining Yangihayot tumanida pirotexnika vositalari sabab 24 yoshli yigit kaftidan ayrildi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Fuqaroning onasi aytishicha, u uy yumushlari bilan band bo‘lgan paytda xonadan qattiq portlash ovozi eshitilgan. Shundan so‘ng u farzandining chap qo‘li qattiq shikastlanganini ko‘rgan.
Yigitga zudlik bilan tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, og‘ir jarohatlar sabab yigitning kaft qismi olib tashlangan.
Qo‘l nervlari uzilib, bilak suyaklari maydalangani sabab shifokorlar uning chap kaftini amputasiya qilishga majbur bo‘lgan.