Departamentning Zangiota tuman bo‘limiga fuqaro E.SH. ariza bilan murojaat qilib, unda Toshkent xalqa yo‘li yoqasida qo‘y sotayotgan vaqtida, ikkita noma’lum shaxs undan bir bosh qo‘y sotib olib, 300 AQSh dollari to‘lashganligini, ushbu pullarning haqiqiy ekanligiga shubha qilayotganligini bildirgan va ekspertiza tayinlash uchun mazkur pullarni o‘z ixtiyori bilan topshirgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Toshkent viloyat IIB EKBning bergan ekspertiza xulosasida, fuqaro E.SH. tomonidan topshirilgan 300 AQSh dollari qalbaki ekanligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.