Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda mum haykallar muzeyi ochildi (foto)

Toshkentda mum haykallar muzeyi ochildi (foto)

Yaqindagina ish boshlagan Tashkent City xiyobonida "Yulduzlar muzeyi" deb nomlangan oliy martabali insonlarning haykallaridan iborat muzey ish boshladi. 

Muzeydagi mum haykallarning har biri alohida mayda detallarigacha hisob-kitob qilingan bo‘lib, ularni aslidan farqlash biroz qiyin. Ekspozisiya zamonaviy tariximizda chuqur iz qoldirgan shaxslar to‘plamidan tashkil topgan. 

Ayni paytda muzeyda 13 ta mashhur shaxslarning haykallari joylashtirilgan bo‘lib, yaqin orada O‘zbekistonning mashhur namoyandalari hisobiga muzeyni boyitish rejalashtirilgan.

Bo‘lajak arboblar orasida Vladimir putin, Krishtianu Ronaldu, Leonil Messi, hind va turk aktyorlari, shuningdek, mashhur o‘zbek so‘z ustasi Hojiboy Tojiboyevning haykallarini uchratishingiz mumkin bo‘ladi.

Mazkur eksponatlarni yasash bilan turk va xitoy kompaniyalari shug‘ullanmoqda.

Kiritildi: 15:16 17.10.2019. O'qildi: 4169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!