12 iyul kuni soat 16:20 da Toshkent shahar Yashnobod tumani “Jo‘rabek” mahallasi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 13-uy oldida harakatlanib ketayotgan “Maxsustrans” avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgan.
1 ta yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmasi soat 16:22 da voqea joyiga yetib borib, to‘rt daqiqada yong‘in bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida Olmazor tumani obodonlashtirish bosh boshqarmasiga qarashli avtomobil kabinasi va kuzovi oralig‘ida joylashgan yo‘l qoplamasini tozalash agregatining motor qismi yonib zararlangan. Jabrlanganlar yo‘q.
Yong‘in elektr simlaridagi qisqa tutashuvdan sodir bo‘lgan deb, tahmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.