Toshkent viloyati Qibray tumanidagi «Imkon Plus» MCHJ binosining yonidagi daraxtga 22 yoshli yigit o‘zini osib o‘ldirgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati aniq.uz.ga xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, marhum 2024 yil 24 iyul kuni "Ilg‘or" MFYda joylashgan «Imkon Plus» MCHJ binosining yonidagi daraxtga o‘zini osib o‘ldirgan.
Jasad sud-tibbiy ekspertizasiga yuborilgan. Ekspertizaning dastlabki ma’lumotnomasida bo‘yin a’zolarini sirtmoq bilan siqilishi natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya ekanligi ko‘rsatilgan.
Hozirgi vaqtda tuman prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Bugun.uz ma’lumotlariga ko‘ra, yigit vaqtincha Toshkent shahar Olmazor tumani Qorasaroy ko‘chasida joylashgan «Maselko» korxonasining yotoqxonasida yashagan, shu korxona ishchisi bo‘lgan.