Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda kuchli shamol tufayli "Matiz" daraxt ostida qoldi (video)

Toshkentda kuchli shamol tufayli "Matiz" daraxt ostida qoldi (video)

Bir qancha ijtimoiy tarmoqlarda daraxt “Matiz” avtomobilining ustiga qulab tushgani aks etgan video va suratlar tarqaldi. 

Ma’lum bo‘lishicha, 22 may kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi So‘galli ota ko‘chasida (Algoritm mavzesi yaqinida) kuchli shamol natijasida katta daraxt qulab tushgan. Daraxt uning yonida to‘xtab turgan “Matiz” avtomobilining ustiga qulagan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, voqea paytida avtomobilning ichida odam bo‘lmagan va hech kim mazkur hodisa natijasida jarohat olmagan, yoki jabrlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq kuchli yomg‘ir tufayli Toshkent shahrining markazida joylashgan Amir Temur xiyoboniga tutash Istiqbol ko‘chasida, yo‘l chetidagi daraxtlardan biri qulab tushgan va u bir necha avtomobilga zarar keltirgandi.

Kiritildi: 13:24 23.05.2019. O'qildi: 1890 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!