Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkentda kassa nazoratchisi pensiya va nafaqa pullarini o‘zlashtirib yubordi

A A A
Toshkentda kassa nazoratchisi pensiya va nafaqa pullarini o‘zlashtirib yubordi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan AT “Xalq banki” Mirzo Ulug‘bek filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, filialning sayyor kassa hisobchi-nazoratchisi T.T., 2020 yilning sentyabr oyidan joriy yilning yanvar oyiga qadar bo‘lgan davrda o‘ziga ishonib topshirilgan jami 170 mln so‘m pensiya va nafaqa pullarini egalariga tarqatmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan T.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:16 02.02.2021. O'qildi: 2117 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik