Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Toshkentda «Inter cup–2018» musobaqasi o‘tkazildi

A A A
Toshkentda «Inter cup–2018» musobaqasi o‘tkazildi

Bugun 31 may kuni O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda «Inter sport project» sport kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston futbol assosiasiyasining sun’iy qoplamali maydonlarida «1 iyun – Xalqaro bolalar kuni»ga bag‘ishlangan 2011-2012 yillarda tug‘ilgan bolalar o‘rtasida «Inter cup–2018» musobaqasi tashkil qilindi. Bu haqda O‘FA rasmiy saytida xabar berilgan, dedi"xabar.uz".

Musobaqada «Inter sport», «Paxtakor», «Odil Junior», «Spartak», «JFL» kabi bolalar jamoalari ishtirok etib, maydonda o‘zlarining mahoratlarini namoyish etdilar.

Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Professional ligasi bosh direktori Omon G‘ofurov va musobaqaning faxriy mehmoni O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Xitoyning «Shanxay SIPG» jamoasi a’zosi Odil Ahmedov ishtrokchilarga homiylar tomonidan ajratilgan esdalik sovg‘alarini taqdim qildilar.

Taqdirlash marosimidan so‘ng «Anor» bolalar ashula va raqs ansambli a’zolari o‘zlarining chiqishlari bilan yosh futbolchilar hamda tomoshabinlarning kayfiyatlarini xushnud etishdi.

Qayd etish zarurki, bunday tadbirlar yosh futbolchilarga katta futbolga o‘zlarining ilk qadamlarini qo‘yishlariga hamda bo‘lajak musobaqalarga tayyorlanishlariga katta yordam beradi.

Kiritildi: 12:46 31.05.2018. O'qildi: 1203 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik