«O‘zgidromet» xizmati 16-dekabrga qadar kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, 13 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. 14 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 15-16 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 14 dekabrda kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 15-16 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.