Huquq-tartibot organlariga Nigora R. murojaat qilgan. Ayol o‘z murojaatida eri u bilan janjallashib qolganidan keyin ijtimoiy tarmoqda uning nomidan sahifa ochganini aytgan. Uning aytishicha, turmush o‘rtog‘i ushbu sahifada ayolning g‘ururi va nomusiga dahl qiluvchi ma’lumotlarni joylagan.
Ko‘rilgan choralar natijasida fuqaro Ahror B. ushlangan. Hozircha ayblanuvchi aynan nimalar e’lon qilgani noma’lum. Hodisaga oydinlik kiritilyapti.
Manba: qalampir.uz