Bugun Toshkent shahrida O‘zbekistondagi eng katta mehmonxona — Hilton Tashkent City (suratda) ochilishi bo‘lib o‘tgan.
Mehmonxona xonalarini hozirdan bron qilish mumkin. Oddiy nomer narxi 194-258, vakillik nomeri 236-310, burchakdagi nomerlar 353-457, prezident lyuksi 1959-2460 dollargacha etib belgilangan.
21 qavatli mehmonxonada 258 ta nomer bo‘lib, ulardan sakkiztasi prezident lyuksi hisoblanadi.
Mehmonxona hududida uchta Izakaya Pan Asian Restaurant&Lounge, Shosh Restaurant va Tumbler Bar restoranlari bor.