Kecha Toshkent shahrida yana bir dahshatli yo‘l-transport halokati ro‘y berdi. 26 oktyabr tungi soat 22:45da kichik halqa avtomobil yo‘lida yuz bergan fojiada 19 yoshli Behruz K. vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
Uning boshqaruvidagi Neksiya avtomobili beton simyog‘ochga katta tezlikda borib urilgan. Haydovchi tezlikni juda oshirib yuborgan va oqibatda boshqaruvni yo‘qotgan. Haydovchi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yetkazib borilgan, ammo shifokorlar yordamiga qaramay hayotdan ko‘z yumgan.
Neksiya avtomobilida bo‘lgan yo‘lovchilar — 19 yoshli Diyor K., Javohir Z. va Muhammadaziz A. turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yetkazib borilgan. Ayni vaqtda ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.