Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Toshkentda chek bermagan tadbirkorga rasmiy ogohlantirish xati berildi

A A A
Toshkentda chek bermagan tadbirkorga rasmiy ogohlantirish xati berildi

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasiga so‘ngi uch oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 558 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning 34 tasi ijobiy hal etilgan. Bu haqda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasiga asoslanib Daryo ma’lum qildi.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi va tuman inspeksiyalari Ishonch telefoni ga 20 dekabr holatiga 632 ta murojaat kelib tushgan. Ularning aksariyati hisob-kitob terminallari va nazorat kassa mashinasi ishlamasligi, tegishli hujjatlarsiz mahsulot sotish hamda xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalarga oid bo‘lgani aytilmoqda.

1 noyabr kuni Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi Ishonch telefoni ga Olmazor tumani Jomiy bozorida xaridorga amalga oshirgan savdosi uchun chek berilmagani haqida murojaat kelib tushgan. Mazkur holat yuzasidan Olmazor tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘rganish o‘tkazgan.

O‘rganish davomida tadbirkor Bahodir Salmonov (ism familiyalar o‘zgartirilgan) bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, soliqqa oid qonunchilik talablari tushuntirildi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan Bahodir Salimovga rasmiy ogohlantirish xati taqdim etildi.

Kiritildi: 14:36 25.12.2018. O'qildi: 1902 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik