Bugun 7 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkentda «CCA Tashkent» markazi ochildi. U nima beradi?

Toshkentda «CCA Tashkent» markazi ochildi. U nima beradi?


Toshkentda Markaziy Osiyoda tengi yo‘q yangi Zamonaviy san’at markazi ochildi. Mazkur madaniy klaster Prezident tashabbuslari hamda Saida Mirziyoyevaning ulkan sa’y-harakatlari bilan 1912 yilda qurilgan tarixiy binoda tashkil etildi. Bu yerda endi ko‘rgazmalar, ochiq muloqotlar, film namoyishlari, konsertlar muntazam o‘tkazib boriladi.

Loyiha ustidagi uzoq muddatli mehnat va uning natijasi haqida Prezident Administasiyasi rahbari quyidagicha fikr bildirdi:

«Ishonamanki, ushbu markaz birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz, madaniyatni ijtimoiy ne’mat sifatida qadrlashimiz va unga chinakam sadoqatimiz qanday ulkan natijalarga olib kelishini namoyon etadi.»



Yangi markaz poytaxtliklar va mehmonlar uchun eng sevimli madaniy dam olish maskaniga aylanishi shubhasiz.

Kiritildi: 21:40 06.09.2026. O'qildi: 454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!