Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda bir nechta fuqaro qarz masalasida janjallashdi

Toshkentda bir nechta fuqaro qarz masalasida janjallashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta shaxslar fuqaroni urayotganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilindi.

Joriy yilning 1 iyul kuni taxminan soat 20.25 larda Yunusobod tumani, Iftixor ko‘chasida oldindan o‘zaro tanish bo‘lgan fuqarolar 1988 y.t. N.T., 1993 y.t. S.Q., 1987 y.t. D.Q., 1995 y.t. H.Q., 1994 y.t. J.I., 1997 y.t. SH.O.lar qarz masalasida og‘zaki janjallashgan. Fuqarolar S.Q., D.Q,, H.Q.lar jamoat tartibini buzgan holda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimay, N.T.ni urib tan jarohati yetkazishgan. So‘ng N.T.ni o‘zligi kelgan avtomashinada uyi oldiga olib borishgan.

N.T.ga shifoxonada birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng u uyiga ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilar prosessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 15:30 08.07.2024. O'qildi: 863 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!