Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda ayol o‘z bolasini muntazam ravishda kaltaklab, unga zo‘rlik ko‘rsatgan (video)

Toshkentda ayol o‘z bolasini muntazam ravishda kaltaklab, unga zo‘rlik ko‘rsatgan (video)

Mazkur holat Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan nazoratga olinganligi ma’lum qilindi. Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida videoda aks etgan fuqarolarning shaxsi aniqlangan.

35 yoshli Shaxlo E. va 45 yoshli Zayniddin E. ajrashish yoqasidagi oila. Shaxlo E. muqaddam xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlarga murojaat qilgan va unga himoya orderi berilgan. Shuningdek, er-xotinning o‘zaro janjali jarayonida 9 yoshli voyaga yetmagan farzandidan foydalanayotganligi aniqlangan. Video o‘tgan yili suratga olingan bir nechta videotasvirlardan montaj qilingan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan bola tahsil oladigan maktab o‘qituvchilari bilan o‘tkazilgan suhbat jarayonida, so‘nggi vaqtlarda bola xulqidagi o‘zgarishlar ularni tashvishga solayotganligini ma’lum qilishgan.  

Bolaning ota-onasi bilan suhbat o‘tkazildi. Bolaning o‘zi bilan psixologlar ishlamoqda.

Kiritildi: 10:57 28.02.2021. O'qildi: 3993 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!