Bugun 14 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Toshkentda ba’zi ko‘chalarda harakat cheklanadi

Toshkentda ba’zi ko‘chalarda harakat cheklanadi

Ertadan poytaxtda bir qator yirik xalqaro tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, 14-17 noyabr kunlari Toshkent shahridagi bir qancha ko‘chalarda harakat cheklanishi belgilangan
. Xususan, yuk mashinalarining shaharga kirishi cheklanadi, ularning shahar ichidagi harakati to‘xtatiladi. Bu haqda IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Harakatni cheklashga sabab qilib, tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish ko‘rsatilgan. Ma’lum qilinishicha, harakat butunlay emas, ayrim ko‘chalarda va vaqti-vaqti bilan transport vositalarining harakati qisman cheklanib, ular uchun aylanma harakat tashkil etiladi:

15 noyabr kuni soat 14:00 dan 19:00 gacha Abdulla Qodiriy – Ganga ko‘prigi kesishmasidan boshlab, Abdulla Qodiriy, Qorasaroy va Zarqaynar ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan yo‘l vaqtincha yopiladi. Haydovchilar Sebzor va Nurafshon ko‘chalari orqali aylanma tarzda harakatlanishlari mumkin.

15 noyabr kuni soat 09:00 dan 19:00 gacha Abdulla Qodiriy – Qorasaroy ko‘chalari chorrahasidan boshlab, Qorasaroy ko‘chasi bo‘ylab Nurafshon–Qorasaroy chorrahasigacha harakat vaqtincha cheklanadi. Aylanma yo‘l sifatida Qorasaroy ko‘chasidan Kichik halqa yo‘liga va Nurafshon ko‘chasidan Sebzor ko‘chasi yo‘nalishiga harakatlanish tavsiya etiladi.

16 noyabr kuni soat 10:00 dan 15:00 gacha Islom Karimov – Botir Zakirov ko‘chalari chorrahasidan boshlab, Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Furqat ko‘chasi chorrahasigacha vaqt-vaqti bilan qisman yopiladi. Haydovchilar Botir Zakirov – Alisher Navoiy hamda Olmazor – Beshyog‘och ko‘chalari orqali aylanma yo‘ldan foydalanishlari mumkin.

16 noyabr kuni soat 09:00 dan 15:00 gacha Islom Karimov – Furqat chorrahasidan Furqat ko‘chasi bo‘ylab Xadra maydonigacha ikkinchi darajali yo‘l vaqtincha yopiladi. Aylanma yo‘l sifatida Alisher Navoiy va Islom Karimov ko‘chalari orqali harakatlanish mumkin.

Toshkent shahriga yuk avtomobillarining kirishi cheklanadi.
Shahar ichida yuk mashinalarining harakati to‘xtatiladi.

Vodiydan vohaga, vohadan vodiyga kelayotgan transport vositalari aylanma yo‘llar orqali yo‘naltiriladi.

Kiritildi: 15:48 13.11.2025. O'qildi: 500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!